Osiyo Kubogi U-20 saralashi doirasida 2-tur bahslari bo‘lib o‘tdi
Osiyo Kubogi U-20 saralashi doirasida 2-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Toshkent mezbonlik qilayotgan V guruhida mezbonlar Hindiston (3) darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritib, 6 ochko bilan yakkapeshqadamga aylandi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Suriya (3) Bangladeshni (0) yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
6 sentyabr kungi so‘nggi turda Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi O‘zbekiston yoshlar jamoasi Suriyaga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo kubogi U-20 saralashi
V guruhi. 2-tur
Hindiston — O‘zbekiston 0:4
Gollar: Ulug‘bek Maratov (29), Quvonchbek Abrayev (35), Shorahim Shorahmedov (66), Nurbek Sarsenbayev (90).
O‘zbekiston U-20 — Ne’matulloh Rustamjonov, Shorahim Shorahmedov, Azizbek To‘lqinbekov (S)(Behruz Abdusattorov, 80), Diyor Ermanov, Quvonchbek Abrayev (Husan Ko‘paysinov, 66), Abdulfayz Bobomurodov, Ulug‘bek Maratov (Asilbek Abdurasulov, 46), Ozodbek Najmiddinov, Quvonishbek Saydaliyev (Tohir Ashurboyev, 66), Muhammadali Dilshodbekov, Asilbek Aliyev (Nurbek Sarsenbayev, 46).
Bangladesh — Suriya 0:3
Gollar: Alan (44), Praxitelous (45+1), As Sarraj (90).