locale OZ

Osiyo chempionati qahramonlarining gʻalabalari e’tirof etildi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Osiyo chempionati qahramonlarining gʻalabalari e’tirof etildi
FОТО: Olympic.uz

15-18-aprel kunlari Saudiya Arabistonining Dammam shahrida tashkil etilgan U18 yosh toifasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgani va umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallagani haqida maʼlum qilgan edik.

Bugun ushbu musobaqa qahramonlarini pul mukofotlari bilan taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Tadbirda Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi rahbariyati, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi.

Sportchilarga mukofotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi va mamlakat yengil atletika federatsiyasi raisi Akmalxoʻja Mavlonov hamda MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov tantanali ravishda topshirishdi.

Taʼkidlash joiz, shu kunlarda Toshkentda kattalar va 20 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati tashkil etilmoqda.

Rasmiylar musobaqa jarayonini kuzatish bilan birga qitʼa birinchiligida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan yosh atletlarimizni qutlashdi. Ularni qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlarida ham omad tilashdi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting