Osimhen nega «Yuventus»ga urgan golini nishonlamaganini aytdi
«Galatasaroy» turinliklar to‘sig‘idan oʻtib, Chempionlar Ligasi nimchorak finaliga yoʻl oldi.
FOTO: Getty Images
«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimhen Chempionlar Ligasi nimchorak final javob uchrashuvida «Yuventus» darvozasiga urgan golini nima sababdan nishonlamaganiga izoh berdi (2:3, birinchi o‘yin – 5:2).
Nigeriyalik futbolchi 106-daqiqada gol urib, Turkiya klubini musobaqaning 1/8 finaliga olib chiqdi.
«Menga buning keragi yo‘q edi. Men uchun juda qadrli bo‘lgan va faoliyatimda muhim rol o‘ynagan insonga nisbatan hurmat ko‘rsatishni lozim topdim. Albatta, men Spalletti haqida gapiryapman», — dedi Osimhen.
Ma’lumot uchun, Osimhen «Napoli» safida Luchano Spalletti qo‘l ostida to‘p surgan va Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist