Osimhen \"Al-Hilol\" taklifini rad etdi
U Yevropada qolmoqchi
Photo: Getty Images
Viktor Osimhen Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi, deya xabar berdi Ben Jeikobs.
Avvalroq "Al-Hilol" "Napoli" bilan hujumchining transferi bo‘yicha 75 million yevro evaziga kelishuvga erishgani ma’lum bo‘lgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, nigeriyalik hujumchi Yevropada qolishni afzal bilgan va Saudiya klubining navbatdagi taklifini ham rad etgan.
Futbolchiga Turkiya, Italiya va boshqa mamlakatlar klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ar-Riyod klubi futbolchiga mavsum uchun 40 million yevro maosh va yana 5 million bonus taklif qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist