O'rtoqlik uchrashuvi. Navbahor Pelisterni mag'lubiyatga uchratdi
Xabar berganimizdek, “Navbahor” bugun Turkiyadagi uchinchi xalqaro o‘rtoqlik bahsini Shimoliy Makedoniyaning “Pelister” FK (Bitola) jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur o‘yinda “lochinlar” bosh murabbiyi Timur Kapadze maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi.
1-bo‘limda: Valijon Rahimov, Saidazamat Mirsaidov, Shohruh Abdurahmonov, Ruslanbek Jiyanov, Diyor Xolmatov, Zabihillo O‘rinboyev, Shohmalik Komilov, Benjamin Teydi, Vanja Ilich, Umar Adhamzoda, Anri Chichinadze.
2-bo‘limda: Shukron Yo‘ldoshev, Zafarjon Rahimjonov, Islombek Mamatkazin, Muhammadali G‘iyosov, Muslimbek Habibullayev, Bekzod G‘ofurjonov, Muhammadbobur Mo‘ydinov, Isoxon Musoxonov, Habibullo Japaraliyev, Muhammadali Usmonov va ko‘rikdagi futbolchi.
Ushbu uchrashuvda lochinlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, mazkur hisob tanaffusgacha qayd etilgandi. Ikkinchi bo‘limda esa ushbu hisob o‘zgarishsiz qoldi.
Vakillarimizning gollariga Ruslanbek Jiyanov hamda Saidazamat Mirsaidovlar mualliflik qilishdi.
Jamoamiz a’zolari Turkiyadagi birinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 30 yanvar kuni yakunlab, yurtimizga qaytishadi.