locale OZ

O‘rtoqlik uchrashuvi. «Metallurg» Bekobodda «Guliston»ni taslim etdi

«Metallurg» Birinchi liga yetakchisi «Guliston» futbol klubi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik uchrashuvi. «Metallurg» Bekobodda «Guliston»ni taslim etdi
photo: Metallurg FK

"Metallurg" Birinchi liga yetakchisi "Guliston" futbol klubi bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.

Qiziqarli ruhda o‘tgan bellashuvda 2:1 hisobi qayd etildi. Mezbonlar tarkibida gollarga Sanjar Shoahmedov hamda Davron Sulaymonov mualliflik qilishdi. Mehmonlar esa bunga faqatgina Iskandar Bo‘sinovning aniq zarbasi bilan javob bera oldi. Shuningdek, gulistonliklar vakili Asilbek Umurzaqov penaltidan foydalana olmaganini ta`kidlab o‘tish kerak.

Takidlash lozim, birinchi navbatda ko‘rikdagi futbolchilarning harakatlarini, tarkib a`zolarining hozirgi holati hamda jamoaviy o‘yinini ko‘rib olish uchun tashkillashtirilgan mazkur bellashuvda g‘alaba kayfiyatni ko‘taruvchi qo‘shimcha omil bo‘lib xizmat qiladi.

Murabbiylar shtabi o‘yinda bir nechta yosh futbolchilarni ham sinovdan o‘tkazib, ularning imkoniyatlarini ko‘rib olishdi.

Nazorat o‘yini
Metallurg – Guliston 2:1
Gollar:
Sanjar Shoahmedov, Davron Sulaymonov — Iskandar Bo‘sinov
5-iyul.
Bekobod. «Metallurg» stadioni

Gol urilmagan penalti: Asilbek Umurzaqov (Guliston)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting