O‘rtoqlik uchrashuvi. «Manchester Siti» g‘alaba qozondi
Husanov ikkinchi bo‘lim boshida zaxiraga olindi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” Osiyo turnesidagi ikkinchi bellashuvini o‘tkazdi. Manchester klubi o‘rtoqlik o‘yinida “K-Liga yulduzlari”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda “shaharliklar” 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, 46-daqiqada o‘z o‘rnini Raysga bo‘shatib berdi.
O‘rtoqlik o‘yini
“K-Liga yulduzlari” – “Manchester Siti” 1:3
Gollar: Ait-Nuri 9, Kim De Von 12, Reynders 20, Mubama 23
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist