locale OZ

O‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston yana Urugvayga mag‘lub bo‘ldi

Kannararo terma jamoadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston yana Urugvayga mag‘lub bo‘ldi
Фото: ЎФА

Bugun, 13 oktyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlaridagi ikkinchi nazorat uchrashuvini Urugvay milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Murosasiz kechgan bahsda kiritilgan gollarga Urugvay terma jamoasi tarkibidan Fakundo Torres va Xuan Sanabriya mualliflik qilishgan bo‘lsa, O‘zbekiston MTJ safidan Ruslanbek Jiyanov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ushbu uchrashuvda Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
O‘zbekiston – Urugvay 1:2
Gollar: Ruslanbek Jiyanov 82 – Fakundo Torres 51, Xuan Sanabriya 60

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting