O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston U23 Albaniyaga yutqazdi
Evropa vakillari 3 ta gol urdi.
Фото: ЎФА
Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston U23 jamoasi Turkiyada kecha Albaniya olimpiya jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda vakillarimiz 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Jamoamiz safida Ruziboy Fayzullayev ilk golni urgani bo‘lsa, bu safar zaxiradan maydonga tushirilgan Firdavs Abdurahmonov yana o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.
O‘rtoqlik o‘yini. Turkiya
Albaniya – O‘zbekiston – 3:2
Gollar: Rasiha Ermir 17ʼ, Brruti Etnik 31ʼ, 33ʼ — Ruziboy Fayzullayev 22ʼ, Firdavs Abdurahmonov 70ʼ.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist