O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston Kuvayt milliy jamoasini ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi
Shu kunlarda butun dunyo futboli FIFA kunlari sababli milliy jamoalar ishtirokidagi o'yinlarni o'tkazmoqda. O'zbekiston milliy jamoasi ham FIFA kunlari doirasidagi Kuvaytga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
O'zbekiston Kuvayt milliy jamoasini ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi. Kannavaro o'zbeklar bilan ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Gollarni Eldor Shomurodov hamda Hojimat Erkinov kiritdi. Otabek Shukurov penaltidan unumli foydalana olmadi.
O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston — Kuvayt 2:0
9 oktyabr. «Olimpiya» stadioni
Gollar: Eldor Shomurodov (10), Hojimat Erkinov (18).
Foydalanilmagan penalti: Otabek Shukurov (63).
O‘zbekiston — Abduvohid Ne’matov, Hojiakbar Alijonov (Oston O‘runov, 86), Muhammadqodir Hamraliyev, Rustam Ashurmatov, Alibek Davronov (Umar Eshmurodov, 68), Otabek Shukurov (Aziz G‘aniyev, 68), Akmal Mozgovoy (Abdurauf Bo‘riyev, 86), Sherzod Nasrullayev, Eldor Shomurodov (Igor Sergeyev, 68), Abbos Fayzullayev (Aziz Turg‘unboyev, 21), Hojimat Erkinov.
Kuvayt — Al Hushan, Al Avadi (Solih, 27), Al Hefiri, Ad Dosari (Al Avadi, 61), Hasan Al Enazi, Moaz Al Enazi, Al Hajeri, Al G‘annam, Hani (Al Marshad, 61), Nosir, Al Mutayri.
Ogohlantirishlar: Hani (58), Ashurmatov (79).