locale OZ

O‘rtoqlik o‘yini. \"Liverpul\" \"Preston\"dan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘rtoqlik o‘yini. "Liverpul" "Preston"dan ustun keldi
Photo: Getty Images

Angliya chempioni "Liverpul" yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida ilk o‘rtoqlik bahsini Chempionship vakili "Preston"ga qarshi o‘tkazdi.

Bu jamoalar avvalroq o‘zaro to‘qnash kelishi kerak edi. Biroq Diogu Jotaning o‘limi sababli boshqa kunga qoldirilgandi.

O‘yin 3:1 hisobida mersisaydliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Arne Slot jamoasi safida Bredli, Nunyes va Gakponing gollari evaziga g‘alaba qozondi.

Arne Slot jamoasi keyingi o‘rtoqlik bellashuvini 26 iyul kuni Xongkongda "Milan"ga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik o‘yini
Preston” 1:3 “Liverpul”
13 iyul, "Dipdeyl"
Gollar: Lindsi (83) — Bredli (33), Nunyes (53), Gakpo (88).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting