O‘rtoqlik o‘yini. Dinamo Rossiyaning uch karra chempioniga mag‘lub bo‘ldi
"Dinamo" jamoasi BAAdagi ikkinchi yig‘ini doirasidagi uchinchi o‘rtoqlik bahsida Rossiyaning uch karra chempioni "Lokomotiv"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Birinchi bo‘limda 4 ta gol urilgan bo‘lsa, 2-bo‘limdagi o‘zgarishlardan keyin hisob ochilmadi.
RPL yetakchilaridan biriga qarshi o‘yinda "Dinamo" murabbiylar shtabi bir qator o‘yinchilar va turli taktikalarni sinovdan o‘tkazishdi. Xususan, asosiy tarkibda yarimhimoyachi Xislat Xalilov chap qanot himoyasida sinab ko‘rilgan bo‘lsa, Anvarjon Hojimirzayev va yana bir qator o‘yinchilar zaxirada qoldirildi.
Tajribali raqib o‘yinni hujumkor boshlab, birinchi bo‘limda yirik hisobni qayd etdi – 4:0.
Ikkinchi bo‘limdagi o‘zgarishlardan keyin jamoamiz maydonda tengkurash ko‘rsatgan bo‘lsa-da, yirik hisob qisqarmadi.
O‘rtoqlik o‘yini.
14 fevral (chorshanba)
Abu-Dabi, The Ritz Carlton
"Lokomotiv" (Rossiya) - "Dinamo" – 4:0
Gollar: Sergey Pinaev 10, 14, Komlichenko 19, Timofeev 30
"Dinamo": Edem Nemanov, Mauro Brazil, Jaloliddin Jumaboyev, Jahongir O‘rozov, Xislat Xalilov, Nurillo To‘xtasinov, Rasul Yo‘ldoshev, Behruzbek Obloqulov, Jahongir Abdusalomov, Azizbek Amonov, Ulug‘bek Hoshimov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Mahamadu Dembele, Ulug‘bek Abdullayev, Salim Mustafoev, Draman Salo, Til Mavretich, Bektemir Abdumannov, Akbar Xudoyberdiyev, Abdulahad Hoshimov, Firdavs Abdurahmonov, Anvarjon Hojimirzayev.