O‘rtoqlik o‘yini. Braziliya Senegalni mag‘lub etdi
Gollarga Estevao va Kazemiro mualliflik qildi.
ФОТО: Getty images
Braziliya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Senegalni mag‘lub etdi — 2:0. Uchrashuv Londondagi "Emirates" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Gollarga Estevao va Kazemiro mualliflik qildi.
Keyingi o‘yinda Braziliya 18 noyabr kuni Tunisga qarshi maydonga tushadi. Senegal esa shu kuni Keniya bilan o‘ynaydi.
O‘rtoqlik bahslari. 15 noyabr
Braziliya — Senegal 2:0
Gollar: Estevao (28), Kazemiro (35).
Braziliya — Ederson, Militao, Markinyos, Gabriel (Uesli, 64), Sandro (Fabrizio Bruno, 90), Kazemiro, Gimaraes, Estevao (Luis Enrike, 83), Vinisius (Kayo Enrike, 90), Rodrigo (Paketa, 83), Kunyo (Joao Pedro, 65).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist