Oʻrtoqlik oʻyini. Argentina Messi va Martinesning gollari evaziga Angolani magʻlub etdi
Leo soʻnggi 8 oʻyinda 20 golda ishtirok etdi.
FOTO: Getty Images
Argentina milliy jamoasi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida Angolaga qarshi maydonga tushdi va yakunda 2:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi.
Dastlab Lautaro Martines 43-daqiqada hisobni ochdi. 82-daqiqada esa Lionel Messi jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Messi soʻnggi 8 ta oʻyinda 20 ta golda ishtirok etdi.
Oʻrtoqlik oʻyini
Argentina — Angola 2:0
Gollar: Martines (43), Messi 82).
Nasrullo Karimov
Jurnalist