O‘rtoqlik bellashuvi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Farg‘onada Eronni qabul qiladi
Uchrashuvni rossiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Фото: ЎФА
O‘zbekiston terma jamoasi bugun FIFA kunlari doirasidagi birinchi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.
Farg‘ona shahridagi «Istiqlol» o‘yingohida o‘tadigan bellashuvda vakillarimizga Eron termasi raqiblik qiladi. Mazkur qarama-qarshilik soat 19:00 da boshlanadi.
Uchrashuvni rossiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
24 sentyabr. Farg‘ona. “Istiqlol” o‘yingohi
O‘zbekiston - Eron
Boshlanish vaqti: 19:00.