Ortega «Seltik»ga o'tishi mumkin
Transfermarkt portali darvozabonning narxini 6 mln yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti"ning germaniyalik posboni Shtefan Ortega jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Football Insider yozmoqda.
Manbaga ko'ra, unga "Seltik" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Glazgo klubi bor e'tiborini unga qaratgan.
Orteganing "shaharliklar" bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali darvozabonning narxini 6 mln yevroga baholamoqda.
Shtefan "Manchester Siti" safida 56 ta o'yin o'tkazgan. Ularda darvozabon 51 ta to'p o'tkazib yubordi va 25 ta "quruq" o'yin qayd etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist