O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining Toshkent viloyat bosqichi yakunlandi
O‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining Toshkent viloyat bosqichi yakunlandi
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan Milliy futbol markazida umumta’lim maktablarining 7–11-sinf o‘quvchi-qizlar jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan “Vazir kubogi” musobaqasining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi, Toshkent viloyati Sport boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
1-o‘rin — Yuqori Chirchiq tumani
2-o'rin — Qibray tumani
3-o‘rin — Olmaliq shahar
Final bahsida Yuqori Chirchiq tumani jamoasi penaltilar seriyasida Qibray tumani jamoasini 6:5 hisobida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi. 3-o‘rin uchun uchrashuvda esa Olmaliq shahar jamoasi Ohangaron shahar jamoasini 1:0 hisobida yengdi.