Opta superkompyuteri Jahon chempionati favoritini taxmin qildi
Autsayderlar qatoriga Iordaniya, Kyurasao va Gaiti jamoalari kiritildi.
ФОТО: Getty images
Opta superkompyuteri Ispaniya terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatining asosiy favoriti deb atadi.
"Qizil furiya"ning mundialdagi g'alabasi 17 foizga baholanmoqda. Fransiya (14,1%) foiz bilan 2-o'rinda bormoqda. Kuchli uchlikni Angliya (11,8 foiz) yakunlab bergan.
Asosiy autsayderlarga kelsak, Opta ularning qatoriga Iordaniya, Kyurasao va Gaiti jamoalarini kiritdi. Neyron tarmoq hisob-kitoblariga ko'ra, ularning umuman imkoniyati yo'q.
Ispaniya terma jamoasi Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay bilan bir guruhdan joy olgan.
Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Fransuzlar 2018 yilda chempionlikni qo'lga kiritgan, to'rt yildan so'ng esa kumush medalni qo'lga kiritgan.