locale OZ

Opta: Fransiya JCh-2026 gʻolibligi uchun asosiy favoritga aylandi

Argentinaning chempionlik imkoniyati 1/16 finaldan keyin biroz oshdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Opta: Fransiya JCh-2026 gʻolibligi uchun asosiy favoritga aylandi
ФОТО: Getty images

Opta analitik platformasining superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati gʻolibligi uchun ehtimollarni yangiladi.

Yangi hisob-kitoblarga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi mundialda gʻolib chiqish uchun asosiy favorit sifatida belgilangan.

Fransiyaning chempionlik ehtimoli 28,89 foiz deb baholangan. Guruh bosqichidan so‘ng bu koʻrsatkich 18,66 foizni tashkil etgandi.

Chempionlik uchun asosiy da’vogarlar uchligi quyidagicha:

1. Fransiya — 28,89%
2. Argentina — 16,32%
3. Ispaniya — 12,96%

Argentinaning chempionlik imkoniyati 1/16 finaldan keyin biroz oshdi (avval 16,26%), Ispaniyaniki esa aksincha pasaydi (avval 13,47%).

Opta reytingiga ko‘ra, kuchli o‘nlikdan yana quyidagi jamoalar joy olgan:

• Braziliya — 9,11%
• Angliya — 8,14%
• Portugaliya — 5,00%
• Kolumbiya — 3,38%
• Marokash — 3,21%
• Norvegiya — 2,86%
• Meksika — 2,68%

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 final bahslari 4–7 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuvlardan so‘ng superkompyuterning prognozlari yana yangilanishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting