locale OZ

«Omad raqib tomonida edi» - Vadim Abramov

"Dinamo" ustozi "Xorazm" bilan bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Omad raqib tomonida edi» - Vadim Abramov
Фото: Динамо ПФК

Superliga 5-turi doirasidagi "Xorazm" - "Dinamo" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Bugun barchamiz maydonda haqiqiy futbol ko'rdik. Menimcha, "Xorazm" kuchli ishtiyoqi evaziga g'alabaga erishdi, shunday deb o'ylayman. Afsuski, ba'zida o'yin davomida hammasi senga qarshi ishlayotgandek tuyuladi, chunki bu kabi o'yinda ikki gol o'tkazadigan darajada xavf yo'q edi. Bo'sh joydan gol o'tkazib yuborgach, ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirdik va ikkinchi gol uchun hujumkorlikni oshirdik. Ammo shunday bir gol o'tkazdikki, omad raqib tomonida edi.

- Darvozabonning gollardagi xatosini qanday izohlaysiz?
- Nima ham derdim, bu futbol. Darvozabonimiz birinchi golda hali to'pni qo'lga kiritmay, katta ishtiyoq sabab hujumni boshlash haqida o'yladi, chamasi.

- "Dinamo" muammolar ichida. Yaqinda chiqqan qaror jamoaning muammolarini qay darajada hal qiladi deb o'ylaysiz?
- Bilmayman, men jamoani o'yinga tayyorlashim, mashg'ulotlarni o'tkazishim kerak. Bu masalani izohlolmayman. Hozircha pul yo'q edi, hali ham yo'q. Keyin qanday bo'ladi, bilmayman.

- Bilishimizcha, "Dinamo"ga oylik maoshlar berilmayotganiga 5-oy boshlandi. Masalan, "Xorazm"da oylik maoshlar bo'yicha qarzdorlik yo'q, deyishdi. Aprel oyida esa jamoangizni ketma-ket yana 5ta muhim o'yin kutib turibdi. Bu holatda qiyin vaziyatdan qanday chiqib ketmoqchisiz?
- Javob berish qiyin. Maydonga chiqib o'ynash kerak, bizdan talab etiladigani shu. Boshqa tarafdan, maydonga men emas, futbolchilar chiqadi. Har bir futbolchining miyasi nimani o'ylayotganini bilmayman, ichiga kira olmayman. Hammada o'z muammosi bor. Yigitlarni imkon qadar tayyorlayapmiz, ruhlantirib, gapiryapmiz. Ammo hozircha hammasi biz o'ylagandek bo'lmayapti, - dedi Vadim Karlenovich Urganchdagi o'yindan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting