locale OZ

Oliver Glasner: «Belgilangan chegara bor, undan oshsa, klubni Gehini sotishga majbur boʻladi»

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Mark Gehining ketishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oliver Glasner: «Belgilangan chegara bor, undan oshsa, klubni Gehini sotishga majbur boʻladi»
FOTO: Getty Images

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner qishki transfer oynasida futbolchi Mark Gehining ketishi ehtimoli borligini ma’lum qildi.

«Hozir vaziyat shundayki, futbolchi bilan shartnoma yozgacha amal qiladi. Agar kimdir uni olishni istasa, klub uchun moliyaviy jihat sportdan ustun bo‘lishi mumkin. Biz bunga tayyor bo‘lishimiz va eng yaxshi natijaga erishishga harakat qilishimiz kerak. Belgilangan chegara bor, undan oshsa, klub sotishga majbur bo‘ladi… Agar o‘yinchi ketmoqchi bo‘lsa va taklif shu chegaradan yuqori bo‘lsa, bu amalga oshadi», — dedi Oliver Glasner BBC’ga.

Joriy mavsumda Gehi «Kristal Pelas» safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Himoychining London klubi bilan amaldagi shartnomasi yozgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 55 mln yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting