locale OZ

Olise birinchi, Saloh beshinchi — 2025 yilda eng koʻp golli vaziyat yaratgan futbolchilar eʼlon qilindi

Squawka oʻziga xos statistikani taqdim etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olise birinchi, Saloh beshinchi — 2025 yilda eng koʻp golli vaziyat yaratgan futbolchilar eʼlon qilindi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Maykl Olise 2025 yil yakunlariga ko‘ra Yevropaning top-5 ligasida eng ko‘p golga olib kelgan vaziyatlar yaratgan futbolchi bo‘ldi. Bu haqda Squawka portali X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Olise yil davomida 36 ta xavfli vaziyat muallifi bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha barcha raqiblarini ortda qoldirdi.

Ikkinchi o‘rinda «Manchester Siti» hujumchisi Rayan Sherki joy oldi — 27 ta vaziyat. Kuchli uchlikni «Barselona» vingeri Lamin Yamal yakunlab berdi — 25 ta. To‘rtinchi pog‘onani «Inter» himoyachisi Federiko Dimarko (22) egallagan bo‘lsa, beshinchi o‘rinda «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh (19) qayd etildi. Oltinchi o‘rinda esa Madridning «Atletiko» klubi forvardi Aleks Baena (18) joylashdi.

7–10-o‘rinlarni quyidagi futbolchilar egalladi — ularning har biri 17 tadan golga olib kelgan vaziyat yaratgan:

Jeykob Myorfi («Nyukasl Yunayted»),

Diegu Moreyra («Strasburg»),

Lautaro Martines («Inter»),

Deklan Rays («Arsenal»).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting