Ole Verner — \"Leyptsig\" bosh murabbiyi
Photo: Getty Images
"Leyptsig" klubi Ole Verner bosh murabbiy sifatida e'lon qildi.
37 yoshli mutaxassis "buqalar" bilan 2027 yilning yozigacha shartnoma imzoladi.
Avvalroq Verner "Verder"ni 4 yil davomida boshqargan. May oyi oxirida "musiqachilar"ni tark etdi.
Shuningdek, Tyerri Anri ham ushbu jamoani boshqarishi mumkin edi. Biroq rahbariyat Verner nomzodiga to'xtaldi.
Bu mutaxassis bilan jamoa o'tgan mavsumni 8-o'rinda yakunladi. "Leyptsig" esa 51 ochko to'plagan holda 7-o'rinni egalladi. Natijada jamoa evrokuboklarga yo'llanma ololmadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist