OKMKning xorijiy yig‘inidagi ikki raqibi ma’lum bo‘ldi
"Konchilar" 23–24 yanvar kunlari Janubiy Koreya va Polsha klublariga qarshi maydonga tushadi.
Фото: ОКМК
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK FK jamoasi xorijiy yig‘in doirasida to‘rtta nazorat uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirgan. Hozircha ushbu bellashuvlarning ikki raqibi aniq bo‘ldi.
"Konchilar" 23–24 yanvar kunlari Janubiy Koreya va Polsha klublariga qarshi maydonga tushadi.
23 yanvar, 18:00
OKMK FK — "Ulsan Hyundai" (Janubiy Koreya)
24 yanvar, 13:00
OKMK FK — "Lech" (Polsha)
Qolgan ikki nazorat uchrashuvi bo‘yicha ma’lumotlar keyingi rasmiy xabarlarda e’lon qilinadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist