OKMK Dilshod Ahmadaliyev bilan xayrlashdi
OKMK FK va futbolchi Dilshod Ahmadaliyev o‘rtasida o‘zaro tuzilgan mehnat shartnomasi muddati yakuniga yetgani munosabati bilan tomonlar kelishuv asosida hamkorlikni yakunladi.
"2021-yildan buyon Olmaliq jamoasi sharafini himoya qilib kelgan tajribali sobiq futbolchimiz klub safida 5 mavsum davomida barqaror va fidokorona o‘yin namoyish etdi. Asosan himoyachi pozitsiyasida harakat qilgan Dilshod Ahmadaliyev «konchilar» safida jami 146 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol hamda 18 ta golli uzatma bilan jamoa muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo‘shdi.
OKMK FK rahbariyati Dilshod Ahmadaliyevga klub safidagi faoliyati davomida ko‘rsatgan professionalligi, mas’uliyati va jamoa manfaatlari yo‘lida olib borgan mehnati uchun minnatdorlik bildiradi. Klub futbolchining kelgusidagi faoliyatida barqarorlik va muvaffaqiyatlar tilaydi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.