«Og'irim tushishini istamayman»: Messi JCHga bormasligi mumkin
U milliy terma jamoa safida 196 o‘yinda maydonga tushgan hamda 115 gol urgan.
ФОТО: Getty images
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 2026 yilda jahon chempionatiga bormasligi mumkin. Futbolchi yaqinda Ispaniya nashri bilan bo‘lgan suhbatda aynan shu haqida aytib o‘tdi.
“Yuk bo‘lishni xohlamayman. O‘zimni formada his qilishni, jamoaga yordam bera olishimga amin bo‘lishni istayman. MLS mavsumi Yevropa mavsumiga to‘g‘ri kelmaydi, shuning uchun turnirga yaqinroq qolganida, vaziyatga qaraymiz”, – dedi Messi.
Eslatib o‘tamiz, u milliy terma jamoa safida 196 o‘yinda maydonga tushgan hamda 115 gol urgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist