Og'ir atletika. Dast ko'tarishda O'zbekiston rekordi yangilandi!
PHOTO: Telegram
Shu kunlarda og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergan edik.
Chirchiq shahrida o'tkazilgan ushbu turnir bir-biridan qiziqarli kurashlarga boy tarzda kechdi. E'tiborlisi bu safargi musobaqada O'zbekiston rekordi ham yangilandi.
Kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida erkaklar o'rtasida -67 kg vazn toifasida dast ko'tarish mashqlari qizg'in va murosasiz kechdi. Yakunda Husinboy Matrasulov 147 kg natija bilan O'zbekiston rekordini yangilashga muvaffaq bo'ldi!
Ibrohim Jalolov
Redaktor