locale OZ

OFK Ilgiz Tantashev haqida maxsus material e'lon qildi

2026 yilgi FIFA Jahon chempionati 11 iyun — 19 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OFK Ilgiz Tantashev haqida maxsus material e'lon qildi
ФОТО: Getty images

Osiyoning eng nufuzli hakamlaridan biri sanalgan o‘zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev jamoasi bilan birgalikda (Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin) Jahon chempionatida ilk bor faoliyat olib boradi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) jahon chempionati oldidan mundialda ishlaydigan hakamlar haqida maxsus material tayyorladi. Unda Ilgiz Tantashevning xalqaro hakamlik faoliyatidagi muhim yutuqlari alohida e’tirof etilgan.

2013 yildan buyon FIFA hakami maqomiga ega bo‘lgan buxorolik hakam so‘nggi o‘n yil davomida qit’aning eng yirik musobaqalarida muntazam ishlab kelmoqda. U 2015 yildan beri OFK Chempionlar ligasining barcha mavsumlarida, shuningdek, OFK Kubogining olti mavsumida uchrashuvlarni boshqargan.

Ilgiz Tantashev 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining to‘rtta uchrashuvida hakamlik qilgan bo‘lsa, 2025 yilda FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham ishlagan.

42 yoshli hakam faoliyati davomida 2019 va 2023 yillardagi Osiyo kubogi final bosqichi o‘yinlarida, uchta OFK U-23 Osiyo kubogida ishlagan. Joriy yilning aprel oyida esa Elit Chempionlar ligasi final uchrashuvini boshqarib borgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi FIFA Jahon chempionati 11 iyun — 19 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting