OFK Elit hakamlari seminari davom etmoqda
Kun davomida hakamlar uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
photo: UzFHM
OFK Elit hakamlari seminari davom etmoqda.
Kun davomida hakamlar uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Darslar davomida o‘yin vaziyatlarini tahlil qilish, hakamlarning maydondagi pozitsiyasi va harakatlanishi, jamoaviy hamkorlik hamda VAR bilan bog‘liq turli vaziyatlar yuzasidan amaliy mashqlar olib borildi.
Seminar elit hakamlarning kasbiy mahoratini yanada oshirish, zamonaviy hakamlik standartlarini amaliyotga samarali tatbiq etish hamda hakamlikda yagona yondashuvni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor