locale OZ

O‘FA va O‘zPFL rahbariyati hamda Superliga klublari vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda jamoalar vakillarining savollariga mutasaddilar tomonidan javob berilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘FA va O‘zPFL rahbariyati hamda Superliga klublari vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
photo: UFA

Davlatimiz rahbari tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘FA va O‘zPFL rahbariyati Superliga klublari vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kun tartibiga muvofiq, klublar boshqaruvini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish va ularning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ushbu yo‘nalishga xususiy sektorni keng jalb etish, homiylik mexanizmlarini takomillashtirish va yangicha moliyaviy tizimni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati xususida ham atroflicha so‘z yuritildi.

Yig‘ilish davomida klublar boshqaruvida shaffoflikni oshirish, mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish, marketingni kuchaytirish muhim ekani ta’kidlandi. Shuningdek, infratuzilmani doimiy yaxshilab borish, akademiyalar, ayollar va yoshlar futboliga e’tibor qaratish zarurligi yana bir bor qayd etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston chempionati uchrashuvlarida muxlislar uchun qulay sharoitlar yaratish, ichki turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanish, stadionlarga ishqibozlarni keng jalb etish orqali klublar imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga ham to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilishda jamoalar vakillarining savollariga mutasaddilar tomonidan javob berilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting