locale OZ

O'FA rahbariyati FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon bilan uchrashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'FA rahbariyati FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon bilan uchrashdi
FOTO: UzbekistanFA

Uchrashuv davomida murabbiylar ta’limi sifatini oshirish, instruktorlar tayyorlash, murabbiylik kurslarini zamonaviy metodika asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, zamonaviy futbolda murabbiylar ta’limining tutgan o‘rni, ushbu yo‘nalishdagi jahon tendensiyalari va innovatsion yondashuvlar haqida fikr almashildi. Uchrashuvda murabbiylik tizimini yanada takomillashtirish orqali ommaviy va professional futbolni bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni mamlakatimizda samarali amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Terma jamoalar qayd etayotgan natijalar zamirida murabbiylar ta’limi alohida oʻrin egallashi qayd etildi. Shu bilan birga, Yuqori Chirchiq tumanida m barpo etiladigan zamonaviy futbol markazida futbol sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyat yuritishi, u yerda ko‘plab murabbiy va instruktorlar tayyorlash rejalashtirilgani haqida ma’lum qilindi.

Tomonlar mazkur yoʻnalishda oldinda turgan loyihalarni muhokama qilib, oʻzaro uzoq muddatli samarali hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting