Odil Hamrobekov – Eron Superkubogi sohibi
Photo: Getty Images
Eron Superkubogi final bahsida “Traktor” klubi “Istiqlol”ga qarshi maydonga tushdi.
O‘yinda tehronliklar birinchi gol urgan bo‘lishiga qaramay, yakunda “Traktor” klubi 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Natda Odil Hamrobekov to‘p tepayotgan “Traktor” klubi Eron superkubogi sohibiga aylandi. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi esa Erondagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
Mazkur o‘yinda jarohat sabab “Istiqlol” safida Rustam Ashurmatov va Jaloliddin Masharipov ishtirok etmadi.
Bahrom Bobonov
Redaktor