locale OZ

Odil Abdumajidov: «Baribir Andijonda yaqinlaringiz ko'z o'ngida to'p surish boshqacha zavq bag'ishlaydi»

Klub matbuot xizmati ushbu futbolchi bilan suhbatlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Odil Abdumajidov: «Baribir Andijonda yaqinlaringiz ko'z o'ngida to'p surish boshqacha zavq bag'ishlaydi»
Фото: Андижон ПФК

"Andijon" klubi qishki transfer oynasida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirayotganidan xabaringiz bor.

Yaqinda iste'dodli himoyachi Odil Abdumajidov rasmiy ravishda "Burgutlar" a'zosi sifatida tanishtirildi.

Shundan so‘ng klub matbuot xizmati ushbu futbolchi bilan suhbat uyushtirdi.

— Odiljon, "Andijon" klubiga o'tganingiz bilan tabriklayman. Bu qanday yuz berdi?

— Tabrik uchun katta rahmat. 3-4 ta takliflar bo‘layotgandi. O‘zimizning chempionatdan ham, xorijdan ham qiziqishlar bor edi. Shularni ko‘rib chiqayotgandim. Keyin Samvel Vyacheslavovich chaqirdi va biz ko‘rishdik. Maqsad va barcha jihatlarni tushuntirganidan so‘ng "Andijon"ga o‘tishga qaror qildim. Bu taklif menga ma’qul keldi.

— Katta futbolda Andijonda qadam qo‘ygan siz va endi uyga qaytdingiz. Bu siz uchun nimani anglatadi?

— O‘zim tug‘ilib o‘sgan joy. Ota-onam, yaqinlarim – hammasi shu yerda. Baribir Andijonda yaqinlaringiz ko‘z o‘ngida to‘p surish boshqacha zavq bag‘ishlaydi. Mas’uliyati ham boshqacha bo‘ladi. Hammasi yaxshi bo‘ladi, degan umiddaman.

— Yangi mavsumda jamoaning maqsadi katta. Siz esa uning bir bo‘lagiga aylanyapsiz. Mas’uliyat yuki og‘irlik qilmaydimi?

— Hech qanday og‘irlik qilmaydi. Aksincha, qancha mas’uliyat yuqori bo‘lsa, futbolchi o‘sib boraveradi. Bu menga o‘sishimga katta yordam beradi, deb o‘ylayman. Ancha vaqtdan beri futbol o‘ynayman. Har xil joylarda o‘ynadim. Barchasi joyida bo‘ladi.

— Bu yil "Turon"da va keyin "Sho‘rtan"da o‘ynadingiz. Lekin "Sho‘rtan" ligani tark etdi. Shunday ekan, ortda qolgan mavsum haqida nima deya olasiz?

— Qiyin o‘tdi, deya olmayman. Futbolda har xil holatlar bo‘ladi. "Sho‘rtan"ga kelgan paytimda jamoa oxirgi o‘rinda edi. Jamoani olib qolish uchun o‘zimga maksimal maqsad qo‘ygandim va buning uchun harakat qildim. Bu futbol. Biz qo‘limizdan kelganicha sababini qildik. Nasib etmadi. Lekin ko‘p narsa oldim va o‘rgandim, deb bemalol ayta olaman.

— "Andijon" klubidagi o‘zgarishlarni siz ham diqqat bilan kuzatib boryapsizmi? Fikringiz qanday?

— Albatta, kuzatib boryapman. Murabbiy jamoani maksimal kuchaytirish va o‘z taktikasiga to‘g‘ri keladigan saviyali o‘yinchilarni olish harakatida. Yaxshi futbolchilar olinmoqda va hammasi yaxshi bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting