Odil Abdumajidov “Andijon” futbolchisi
Abdumajidov hozirga qadar faoliyati davomida 130 ta oʻyinda maydonga tushgan. 5 ta gol urgan va 3 ta assistni bajargan.
photo: Andijon fk
“Burgutlar”ning qishki seleksiya ishlari jarayonidagi yana bir ijrosi taʼminlandi.
Bu safar jamoamiz iqtidorli himoyachi Odil Abdumajidov bilan shartnoma imzoladi.
Vodiylik muxlislar uchun ushbu futbolchi juda yaxshi tanish. Asli andijonlik ushbu oʻyinchi 2001-yiling 1-iyun sanasida tavallud topgan. Andijonda aynan katta futbolga kirgan.
Faoliyati mobaynida “Metallurg”, “Olimpik”, “Dinamo”, “Shoʻrtan”, shuningdek, Qozogʻistonning “Ordabasi” va “Turon” klublarida toʻp surgan.
Abdumajidov hozirga qadar faoliyati davomida 130 ta oʻyinda maydonga tushgan. 5 ta gol urgan va 3 ta assistni bajargan. 2022-yilda “Ordabasi” bilan Qozogʻiston Kubogini qoʻlga kiritgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor