OCHL-2. Bugun «Andijon» o‘z maydonida «Al-Ahli»ni qabul qiladi
Ushbu uchrashuv soat 18:45 da "Bobur arena" stadionida boshlanadi.
Фото: Андижон ПФК
"Andijon" tarixda ilk bor OCHL-2 musobaqasi doirasida o‘z maydonida Qatar klubiga qarshi bahs olib boradi.
Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi-2 guruh bosqichi 2-tur doirasida Andijonning "Andijon" jamoasi o‘z maydonida Qatarning "Al-Ahli" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuv soat 18:45 da "Bobur arena" stadionida boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalgi turda Maksim Shatskix shogirdlari Turkmanistonning "Arkadag" jamoasiga qarshi safarda bahs olib borib 0:0 hisobini qayd etgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist