locale OZ

OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozona olmadi va guruhda qolib ketdi

"Burgutlar" guruhda qolib ketdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozona olmadi va guruhda qolib ketdi
Фото: Андижон ПФК

Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichidan o‘rin olgan Qatarning "Al-Ahli" va "Andijon" klublari o‘rtasidagi bahs 2:0 hisobida yakunlandi.

24 dekabr kuni Dohada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Michel Vlap tomonidan urilgan ikkita gol mezbonlarga g‘alaba keltirdi.

Bu natijadan so‘ng, "Andijon" 5 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi. Andijonliklar 6 ta o‘yinda biror marta ham g‘alaba qozona olmadi.

Guruhda Qatarning "Al-Ahli" klubi 10 ochko bilan birinchi, Turkmanistonning "Arqadag‘" klubi esa 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va har ikkisi ham keyingi bosqichga chiqdi.

OChL-2. Guruh bosqichi, 6-tur

"Al-Ahli" (Qatar) - "Andijon" (O‘zbekiston) 2:0

Gollar: Vlap (26, 65)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting