OChL 2. «Andijon» – «Al-Xaldiya»: Jamoalar qanday rangli libosda harakat qilishi ma'lum
Uchrashuv ertaga soat 18:45 da start oladi.
Фото: Андижон ПФК
Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasining “B” guruhi 3-tur doirasida “Andijon” Bahraynning “Al-Xaldiya” klubini qabul qiladi.
Bugun “Bobur Arena” stadionida ertangi muhim bellashuv oldidan bir qator rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, ikki klubning ham bo‘ljak bahsda qaysi rangli libosda harakat qilishi ma'lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, “Andijon” qizil, raqib jamoa esa sariq formda maydonga tushadi.
Ma'lumot uchun, uchrashuv ertaga soat 18:45 da start oladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist