locale OZ

OChL-2. «An-Nasr» Tojikistonda raqibini tor-mor etdi

Bu natijadan so‘ng sauadiyaliklar ochkolari sonini 15 taga yetkazib, peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OChL-2. "An-Nasr" Tojikistonda raqibini tor-mor etdi
Фото: Истиқлол ФК

Osiyo Chempionlar ligasi-2 turnirining 5-turida “An-Nasr” safarda "Istiqlol"ga qarshi maydonga chiqdi.

Tojikistonda kechgan bellashuvda raqib 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollar Felish, Mane, Simakan va Yahyo hisobiga yozildi.

Eslatma uchun, bu bahsda Krishtianu Ronaldu ishtirok etmadi. U Tojikistonga kelmadi.

Bu natijadan so‘ng sauadiyaliklar ochkolari sonini 15 taga yetkazib, peshqadamlik qilmoqda. “Istiqlol” 6 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda bormoqda.

OChL-2. 5-tur
"Istiqlol" (Tojikiston) 0:4 "An-Nasr" (Saudiya Arabistoni)
Gollar: Felish 12 pen, Simakan 40, Mane 84, Yahyo 90+2

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting