Obameyang – «Marsel» futbolchisi
Photo: Getty Images
Pyer-Emerik Obameyang "Marsel"ga qaytmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
36 yoshli hujumchi va fransuz klubi 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani og‘zaki kelishib oldi. Bir necha kundan keyin tomonlar rasmiy shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Avvalroq Obameyang Saudiya Arabistonining "Al-Qodisiya" klubi bilan kelishuvni bekor qilgandi.
O‘tgan mavsumda u Saudiya Pro-ligasida 32 o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor