locale OZ

\"Nyukasl\"da yozda transferlarga 180 mln yevro sarflaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nyukasl"da yozda transferlarga 180 mln yevro sarflaydi
Photo: Getty Images

Angliyaning "Nyukasl" rahbariyati kelasi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Newcastle Chronicle nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "qarg'alar" yozda bir nechta futbolchini xarid qilish uchun 180 mln yevro sarflaydi. Agar biror futbolchi sotiladigan bo‘lsa, uning transferidan tushgan pul ham budjetga qo‘shiladi. Asosiy maqsad sifatida hujum chizig‘ini mustahkamlash, ya’ni o‘ng qanot vingeri, markaziy hujumchi hamda yangi darvozabon xarid qilish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, "Nyukasl" 36-turdan so‘ng APL turnir jadvalida 66 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting