«Nyukasl» Trippierga yangi shartnoma taklif qiladi
Futbolchi 2022 yildan beri "qarğalar" safida o‘ynamoqda.
ФОТО: Getty images
“Nyukasl” klubi jamoaning tajribali o‘ng qanot himoyachisi Kiran Trippierga yangi bitim taklif qiladi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qarğalar" 35 yoshli futbolchiga kelasi yil yozida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishni taklif qiladi.
Trippier 2022 yilda "Atletiko"dan 14 million yevroga sotib olingan edi. U jamoa uchun 130 ta o‘yinda 4 ta gol urib, 25 ta golli uzatma bergan.
Futbolchi faoliyati davomida “Tottenhem”da ham to‘p surgan. Shuningdek, Angliya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist