«Nyukasl» Traffordning transferidan voz kechdi
Uning yuqori maoshi transferga to‘sqinlik qilmoqda.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” darvozaboni Jeims Trafford “Nyukasl”ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Kreyg Xoup xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qarg‘alar” inglizning 23 yoshli posbonini sotib olmaslikka qaror qilgan. Uning yuqori maoshi sabab klub Trafford bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgan.
Endilikda “qarg‘alar” “Real Sosedad” darvozaboni Aleks Remiro yoki “Borussiya D”dan Gregor Kobelni sotib olishga harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Jeims “Byornli”dan “Manchester Siti” safiga kelib qo‘shilgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist