locale OZ

«Nyukasl» Sterlingni ijaraga olmoqchi

Shartnomaga 23 million yevrogacha sotib olish sharti kiritilishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nyukasl" Sterlingni ijaraga olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Chelsi" klubi hujumchisi Rahim Sterling qishki transferlar vaqtida klubini o'zgartirishi mumkin.

The Athletic nashri xabar berishicha, 31 yoshli futbolchiga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.

"Qarg'alar" yanvar oyidayoq Sterling transferini amalga oshirishi mumkin, ammo hozircha gap ijara haqida bormoqda.

Shu bilan birga, shartnomaga 23 million yevrogacha sotib olish sharti kiritilishi mumkin.

Sterling 2022 yildan beri "Chelsi" sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsumda u biror marta maydonga tushmadi, chunki "ko'klar" bosh murabbiyi Entso Mareska unga umid qilmayapti. Sterlingning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha imzolangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting