“Nyukasl” qo‘ldan boy bergan transferi bilan yana to‘qnash keladi
“Nyukasl” bosh murabbiyi Mattias Yaysle yozgi transferlar vaqtida klubga o‘tmay qolgan yarim himoyachi Yoxan Manzambi haqida fikr bildirdi. Shveysariyalik futbolchi hozirda “Aston Villa” safida to‘p surmoqda va dam olish kunlari sobiq da’vogariga qarshi maydonga tushishi mumkin. Bu haqda Press Association axborot agentligi xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, yozda “Nyukasl” Manzambini sotib olishga yaqin kelgan, biroq “Aston Villa” futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga muvaffaq bo‘lgan. 21 yoshli yarim himoyachi yangi jamoasida qisqa vaqt ichida o‘zini ko‘rsatgan.
Yaysle Manzambining yuqori saviyasini tan olgan, biroq amalga oshmagan transfer haqida ortiqcha gapirishni istamagan. Murabbiy ayni paytda o‘z futbolchilari va jamoaning natijalarini yaxshilashga e’tibor qaratayotganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, “Nyukasl” 17-oktabr kuni “Aston Villa”ni qabul qiladi. Jamoa oldingi turda “Koventri”ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Yaysle shogirdlari navbatdagi uchrashuvda ushbu muvaffaqiyatsizlikni unutishga harakat qiladi.