locale OZ

«Nyukasl» Niko Gonsales bilan muzokarani boshladi

Uning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nyukasl" Niko Gonsales bilan muzokarani boshladi
ФОТО: Getty images

"Nyukasl" klubi "Manchester Siti" tayanch yarim himoyachisi Niko Gonsales transferi bo‘yicha muzokaralarda sezilarli oldinga siljishga erishdi.

Insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, klublar o‘zaro kelishuvga juda yaqin turibdi. "Qarg‘alar" joriy haftaning boshida shartnoma bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilib, transferni yakunlashni rejalashtirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik futbolchining transfer qiymati 40 mln yevroga baholanmoqda. Uning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting