Nyukasl, MYu va Tottenxem Mitrovich uchun kurashadi
Photo: Getty Images
"Al-Hilol" va Serbiya terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Mitrovich faoliyatini yana Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, unga "Nyukasl", "MYu" va "Tottenxem" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Asosiy favorit sifatida “qarg'alar” aytilmoqda.
Klub rahbariyati hujum chizig'ida Aleksandr Isakga raqobatchi bo'lish uchun serbiyalik nomzodni ko'rib chiqmoqda. Shu bilan birga, "Al-Hilol" o'z yetakchisi uchun kamida 30 mln yevro ishlab olmoqchi.
O'tgan mavsumda serbiyalik markaziy hujumchi 36 ta o'yinda 28 ta gol urib, Saudiya klubining eng yaxshi to'purari bo'ldi. Shuningdek, Mitrovich yettita golli uzatma ham berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist