locale OZ

\"Nyukasl\" Mbeumo uchun kurashga qo‘shildi

Futbolchining qiymati Transfermartk portali tomonidan 50 million yevroga baholangan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nyukasl" Mbeumo uchun kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images

“Nyukasl” klubi “Brentford” hujumchisi Brayan Mbeumo uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda TeamTalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qarğalar” yozda tarkibni kuchaytirmoqchi. Klub kelasi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etadi. Tarkibni bir qator yangi futbolchilar hisobiga kuchaytirishni maqsad qilgan.

25 yoshli kamerunlik futbolchi uchun “Nyukasl” taklif yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, Brayan Mbeumo yakuniga yetgan mavsum “Brentford” safida barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta assist amalga oshirdi. Futbolchining qiymati Transfermartk portali tomonidan 50 million yevroga baholangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting