\"Nyukasl\" Jota uchun xaridor
Photo: Getty Images
"Liverpul" hujumchisi Diogu Jota faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Mat Zilen.
Manbaga ko'ra, "qarg'alar" Jota bo'yicha muzokaralarni boshlagan. Ammo u portugaliyalik futbolchiga yagona da'vogar emas. Unga "Tottenhem" hamda "Vulverxempton" klublari ham qiziqish bildirgan edi.
"Nyukasl" anchadan beri unga qiziqish bildirib keladi. Yanvarda ham u uchun 43 million yevro taklif qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Jota 2020 yildan beri Premyer-ligada 123 ta uchrashuvda maydonga tushib, 47 ta gol urishga erishgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist