locale OZ

\"Nyukasl\" Grilish uchun kurashga qo‘shildi

U "Siti"ni tark etishi mumkin
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nyukasl" Grilish uchun kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images

"Manchester Siti" vingeri Jek Grilish yozgi transfer oynasi vaqtida “Nyukasl”ga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi Ben Jeykobs.

Qayd etilishicha, 29 yoshli futbolchi “Siti”ni tark etishga qaror qilgan. Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga Jekni olib ketmasligi xabar qilingandi.

"Nyukasl”dan tashqari, "Napoli" Grilishning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Angliyalik futbolchining "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Nufuzli Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 45 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting