\"Nyukasl\" Elanga uchun xaridorga aylandi
Photo: Getty Images
"Nyukasl" Entoni Elangani o‘z safiga qo‘shishga urinib ko‘rdi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Nyukasl" klubi 23 yoshli vinger Entoni Elanga uchun "Nottingem Forest"ga taxminan 45 million funt taklif qilgan.
Biroq "Nottingem" esa futbolchini sotishdan bosh tortgan, klub futbolchini kattaroq summaga sotishni rejalashtirgan.
"Nyukasl" hozirda shved futbolchisini qo‘lga kiritish uchun harakatlarni davom ettirish yoki boshqa maqsadlarga e'tibor qaratish kerakligi haqida o‘ylamoqda.
Shuningdek, ularda "Bornmut"dagi Entuan Semeno va "Vest Hem" o‘yinchisi Muhammad Kudus ham qiziqish uyg‘otmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist